Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqola serebral falajli bolalarning nutqini art terapiyasi vositasida rivojlantirishda korreksion ish mazmuni tadqiqiga bag‘ishlangan. Maqolada serebral falajligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish tamoyillari, maktabgacha yoshdagi serebral falajligi bo‘lgan bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirish hamda nutqdagi kamchiliklarni  bosqichma-bosqich bartaraf etishga qaratilgan dastur yoritib berilgan. Ushbu tadqiqotda art-terapiya vositalarining serebral falajli bolalar nutqini rivojlantirishdagi imkoniyatlari amaliy jihatdan asoslab berildi. Art-terapiya mashg‘ulotlari bolalarda nafaqat nutqiy faollikni oshirish, balki emotsional barqarorlikni ta’minlash, o‘zini ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ijtimoiy moslashuv jarayonini yengillashtirishda muhim rol o‘ynashi aniqlandi. Shuningdek, korreksion ish jarayonida qo‘llanilgan metodik yondashuvlar bolalarning artikulyatsion apparat faoliyatini faollashtirish, tovush talaffuzini aniqlashtirish va kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qildi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tizimida dizartriyali bolalar bilan ishlashda art-terapiya elementlarini keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.</jats:p>

Show More

Keywords

serebral bolalarning korreksion bolalar artterapiya

Related Articles

PORE

About

Connect