Abstract
<jats:p>Ushbu tezisda loyiha ta’lim texnologiyasi asosida talabalarning mustaqil bilim olish motivatsiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Zamonaviy oliy ta’lim sharoitida talabaning faqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishi yetarli emas, balki mustaqil izlanish, axborotni tanlash, tahlil qilish, amaliy muammolarga yechim topish va o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Loyiha ta’lim texnologiyasi talabaning bilish faoliyatini faollashtiradi, o‘quv jarayonini amaliy natijaga yo‘naltiradi va mustaqil ta’limga bo‘lgan ichki ehtiyojni kuchaytiradi. Tezisda loyiha faoliyatining motivatsion, didaktik, kommunikativ va refleksiv imkoniyatlari tahlil qilinib, uning talabalarda mas’uliyatli, faol va ijodiy o‘quv pozitsiyasini shakllantirishdagi ahamiyati asoslanadi.</jats:p>