Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada ichki ishlar organlari tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarining joriy etilishi, uning boshqaruv samaradorligi hamda fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar asosida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, xususan, ichki ishlar organlarida axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, elektron xizmatlar tizimini kengaytirish va ma’lumotlar bazalarini integratsiyalash jarayonlari o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada raqamli transformatsiyaning institutsional samaradorlikka, korrupsion xavflarni kamaytirishga hamda fuqarolar ishonchini oshirishga qo‘shayotgan hissasi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijalari ichki ishlar organlarida xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqish uchun konseptual yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

ichki ishlar raqamli xizmat maqolada

Related Articles

PORE

About

Connect