Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Maqolada tarix taʼlimi orqali axloqiy tarbiyani amalga oshirishning Kanada, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Finlandiya va Singapur taʼlim tizimlaridagi modellari qiyosiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Har bir modelning tayanch konseptual asosi, axloqiy tarbiya mexanizmi va normativ mustahkamlanish shakli aniqlangan. Tahlil natijasida toʻrtta modelni birlashtiruvchi uchta umumiy tamoyil soʻrovga asoslanganlik, manba bilan bevosita ishlash va axloqiy bahoning kontekstga bogʻlanishi ajratilgan. Milliy pedagogik meros manbalari bilan qiyoslash orqali mazkur tamoyillarning Oʻzbekiston pedagogik anʼanasidagi ildizlari koʻrsatilib, xorijiy tajribani oʻzlashtirishning uchta metodologik sharti asoslangan.</jats:p>