Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada 2022-2025-yillar davomida Namangan viloyatining tabiiy yaylov va pichanzorlarida olib borilgan geobotanik monitoring natijalari hamda ushbu jarayonlarni raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt elementlari asosida takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotlarda Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Pop va Mingbuloq tumanlaridagi tabiiy yaylovlarning o‘simlik bilan qoplanish darajasi, hosildorligi, ozuqa birligi, floristik tarkibi va degradatsiya holati o‘rganildi. Dala tadqiqotlarida olingan ma’lumotlar ArcGIS dasturiy ta’minoti va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida raqamlashtirilib, elektron geobotanik xaritalar shakllantirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2022-2025-yillar davomida yaylov o‘simliklarining qoplanish darajasi, hosildorligi va ozuqa birligi bo‘yicha o‘zgaruvchan tendensiya kuzatilgan. Ushbu ko‘rsatkichlarni ko‘p yillik sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bilan integratsiya qilish, vegetatsiya holatini raqamli indikatorlar orqali baholash hamda yaylov degradatsiyasini erta aniqlash va hosildorlik dinamikasini prognozlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari asosida geobotanik monitoring ma’lumotlarini yagona geoaxborot bazasiga jamlash va kelgusida sun’iy intellektga asoslangan raqamli yaylov monitoringi tizimini shakllantirish taklif etilgan.</jats:p>

Show More

Keywords

yaylov suniy geobotanik raqamli asosida

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect