Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Ushbu tezisda Aleksandr Sazerlend Nilning erkinlik, mas’uliyat, o‘zini o‘zi boshqarish, demokratik hamkorlik va shaxsning tabiiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga asoslangan pedagogik konsepsiyasini ingliz filologiyasi yo‘nalishi talabalarining kommunikativ hamda shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoniga nazariy-metodik jihatdan integratsiyalash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning konseptual asosini Nilning Summerhill tajribasi, kommunikativ kompetensiyaning Canale–Swain va Celce-Murcia talqinlari, til o‘rganish avtonomiyasi bo‘yicha Holec, Little va Benson qarashlari hamda o‘zini o‘zi belgilash nazariyasidagi avtonomiya, kompetentlik va ijtimoiy bog‘liqlik ehtiyojlari tashkil etadi. Tezisda Nil g‘oyalarini oliy ta’limga mexanik ko‘chirish emas, balki ularning aksiologik va pedagogik yadrosini filologik ta’limning maqsadlari bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslanadi. Erkin tanlovli kommunikativ topshiriqlar, talaba ovoziga asoslangan seminarlar, hamkorlikdagi qaror qabul qilish, refleksiv portfoliolar, o‘zini va tengdoshini baholash, dialogik muhit hamda psixologik xavfsiz muloqot ingliz filologiyasi talabalarida lingvistik, diskursiv, sotsiomadaniy, strategik va interaksion kompetensiyalar bilan bir qatorda mustaqillik, mas’uliyat, tashabbuskorlik, o‘zini boshqarish va refleksivlikni rivojlantiruvchi pedagogik mexanizmlar sifatida talqin etiladi. Natijada Nil konsepsiyasining zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv bilan kesishuvchi jihatlari aniqlanib, ingliz filologiyasi ta’limida talabaning faol subyektligini kuchaytirishga qaratilgan integrativ yondashuv taklif qilinadi.</jats:p>