Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada raqamli markirovka tizimining mazmuni va uning soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Xususan, O‘zbekistonda joriy etilayotgan “Asl Belgisi” milliy markirovka tizimi doirasida ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi subyektlar sonining o‘sish dinamikasi, markirovkalangan mahsulotlar hajmining kengayishi hamda tizim qamrovining bosqichma-bosqich oshib borishi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli markirovka tizimi mahsulotlar harakatining shaffofligini ta’minlash, noqonuniy aylanmani qisqartirish va soliq tushumlarini, xususan aksiz solig‘i tushumlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada ushbu tizimning iqtisodiyot tarmoqlariga chuqur kirib borayotganligi hamda uning soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishdagi roli asoslab berilgan.</jats:p>