Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur ilmiy maqolada ustunsimon olma navlari (Vasyugan, Medok, Prezident, Djin, Triumf, Ostankino, Senator, Valyuta) ko‘chatlarining ko‘chatzordagi ikkinchi dalasidagi rivojlanish xususiyatlari, xususan, ularning ildiz tizimi shakllanishiga turli xil o‘sish kuchiga ega bo‘lgan payvandtaglarning (M9, MM106, MM111 va olma urug‘ko‘chati) ko‘rsatadigan ta’siri chuqur va atroflicha tahlil qilingan. Olib borilgan keng qamrovli dala tajribalari va biometrik o‘lchovlar natijasida aniqlanishicha, ko‘chatlarning yuqori sifatli, ko‘p tarmoqli (3 ta va undan ortiq asosiy ildizga ega) bo‘lib shakllanishida M9 pakana va MM106 yarimpakana vegetativ payvandtaglari eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etib, mos ravishda 56,9 foizgacha va 50,0 foizgacha standart ko‘chat chiqimini ta’minlagan. Aksincha, kuchli o‘suvchi MM111 payvandtagi hamda genetik jihatdan beqaror bo‘lgan olma urug‘ko‘chatiga ulangan variantlarda ildiz tarmoqlanishining keskin pasayishi kuzatilib, urug‘ko‘chatda sifatsiz (1 ta asosiy ildizli) ko‘chatlar ulushi 38,5 foizgacha yetishi ilmiy asoslangan. Tadqiqot natijalariga tayanib, intensiv turdagi ustunsimon olma bog‘lari uchun ko‘chat yetishtirishda M9 va MM106 klon payvandtaglaridan keng foydalanish, shuningdek, Prezident va Valyuta kabi ildiz hosil qilish irsiyati kuchli bo‘lgan navlarni ko‘paytirish tavsiya etiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

olma ildiz bolgan mm106 foizgacha

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect