Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu tadqiqotda Rubiaceae oilasi Putorieae tribiga mansub endemik takson — Plocama vassilczenkoi (Lincz.) M. Backlund &amp; Thulin — turining tuproq substrat tiplari va balandlik mintaqalari bo'yicha miqdoriy ekologik tahlili amalga oshirildi. TASH va FRU gerbariy fondlari kataloglari, nashr etilgan floristik sintezlar va 2020–2025 yillardagi tizimli dala ekspeditsiyalari asosida jami 36 ta uchrash yozuvi tahlil qilindi (ulardan 33 tasida aniq balandlik ma'lumotlari mavjud). Turning balandlik diapazoni 406–1521 m ni qamrab oladi (M = 790 m; SD = 277 m). Q.Z.Zokirov [13] balandlik mintaqalanish tasnifi asosida turning ekologik optimumi adir mintaqasining quyi qismida — 500–800 m oralig'ida ekanligi aniqlandi (balandlik ma'lumoti mavjud 33 ta yozuvning 45,5%; χ²(3) = 10,52; p = 0,015). Substrat tahlilida adir va chap adirlik biotoplari (36,1%), tog'oldi–yonbag'ir substratlari (19,4%), shag'alli (13,9%) va toshloq-tik yonbag'ir (11,1%) substratlar asosiy yashash joylarini tashkil etadi (χ²(6) = 18,06; p = 0,006). Uchta floristik okrug — G'arbiy Tyanshan (33%), Farg'ona-Oloy (53%), Qo'histon (14%) — doirasida turning tarqalish xususiyatlari tavsiflab berildi. Natijalar turning ixtisoslashgan xerofit-petrophit ekologiyasini miqdoriy jihatdan tasdiqlaydi va habitat-markazli muhofaza choralarini ilmiy asoslaydi.</jats:p>

Show More

Keywords

balandlik turning substrat miqdoriy ekologik

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect