Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining kasbiy kompetentligini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xususan, geymifikatsiya asosida rivojlantirish zarurati ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Maktabgacha ta’lim sohasida kompetensiyaviy yondashuv talablaridan kelib chiqib, tarbiyachining metodik, kommunikativ, psixologik hamda kreativ tayyorgarligini kuchaytirish muammolari yoritiladi. Geymifikatsiya texnologiyasining ta’lim jarayonida motivatsiya, refleksiya va amaliy faoliyatni faollashtirishga xizmat qiluvchi metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda o‘yin mexanizmlari integratsiyasiga tayanuvchi ilmiy-metodik yondashuvlar hamda amaliy tatbiq mexanizmlari tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari geymifikatsiyalashgan ta’lim muhitining tarbiyachi kasbiy tayyorgarligini bosqichma-bosqich rivojlantirishdagi samaradorligini asoslaydi.</jats:p>

Show More

Keywords

talim kasbiy bolajak maktabgacha kompetentligini

Related Articles

PORE

About

Connect