Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Maqolada bitta chorrahadagi svetoforni boshqarishning uch usuli imitatsion modelda solishtirildi: qat'iy vaqtli rejim, Webster formulasi bo'yicha hisoblangan rejim va navbat uzunligiga qarab ishlaydigan adaptiv algoritm. Turli oqim sharoitlari uchun to'rtta stsenariy tuzilib, har biri 30 martadan takrorlandi. Tajriba shuni ko'rsatdiki, adaptiv boshqaruvning foydasi oqim hajmiga emas, uning kun davomida o'zgarib turishiga bog'liq. Soatlik yuklamasi bir xil (5000 avto/soat) ikki stsenariyda Webster rejimida o'rtacha kutish vaqti 24,4 soniyadan 199,4 soniyagacha oshib ketdi, adaptiv rejimda esa 36,5 dan 40,8 soniyagacha o'zgardi xolos. Chorraha to'yinganda esa adaptiv algoritm siklni haddan tashqari qisqartirib yubordi va oddiy rejimdan ham yomon natija berdi. Demak, adaptiv svetoforni har qanday chorrahaga emas, oqimi o'zgaruvchan chorrahalarga o'rnatish kerak.</jats:p>