Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada O‘zbekistonda zamonaviy qurilish materiallari sanoatining hozirgi holati, xomashyo bazasi, ishlab chiqarish salohiyati, import o‘rnini bosish imkoniyatlari hamda eksport istiqbollari ilmiy-tahliliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda sement, g‘isht, gipskarton, polimer va issiqlik izolyatsion materiallar ishlab chiqarishning asosiy yo‘nalishlari, ularning hududiy joylashuvi va texnologik rivojlanish darajasi tahlil qilinadi. Shuningdek, sanoatdagi muammolar sifatida texnologik eskirish, energiya sarfining yuqoriligi, ekologik cheklovlar va malakali kadrlar tanqisligi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada sanoat chiqindilaridan foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalar, raqamlashtirish hamda “yashil” materiallar ishlab chiqarish kabi innovatsion yo‘nalishlar ham muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari qurilish materiallari sanoatini modernizatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

ishlab maqolada qurilish materiallari chiqarish

Related Articles

PORE

About

Connect