Abstract
<jats:p>Maqolada bazalt tolasi asosida tayyorlangan kompozit bo‘yoq qoplamalarini yaqin infraqizil (YIQ) nurlanish yordamida quritish texnologiyasini yaratish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotda to‘lqin uzunligi 0,78–2,5 µm bo‘lgan YIQ manbai (qisqa to‘lqinli, λmax ≈ 1,2 µm) ishlatilib, an’anaviy konvektiv quritish usuli bilan qiyosiy tahlil o‘tkazildi. Bazalt tolasining yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligi va YIQ nurlarini samarali yutishi natijasida polimer matritsani 3,5–4,2 marta tezroq quritish, energiya iste’molini 42–58 % gacha kamaytirish hamda qoplama qattiqligini (Pencil Hardness bo‘yicha 2H gacha) va adgeziyasini (ISO 2409 bo‘yicha 0 ball) oshirishga erishildi. FTIR-spektroskopiya natijalari epoksid guruhlarining 96 % konversiyasini tasdiqladi. Yaratilgan texnologiya sanoat miqyosida bazalt-polimer kompozit qoplamalarni tezkor va energosamarali ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin.</jats:p>