Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yupqa plastinkaning tashqi statik yuklama ta’sirida egilish jarayoni elastiklik nazariyasi va differensial tenglamalar asosida tadqiq etilgan. Plastinkaning ko‘chishlari, deformatsiyalari, ichki kuchlanishlari, momentlari va ko‘ndalang kuchlari analitik usulda aniqlanib, yechimlar Furye qatorlari yordamida ifodalangan. Shuningdek, tadqiqot natijalari ANSYS dasturida bajarilgan kompyuterli modellashtirish asosida tahlil qilinib, nazariy va sonli natijalarning o‘zaro mosligi baholangan. Olingan natijalar plastinkasimon konstruksiyalarni loyihalash, ularning mustahkamligi va ishonchliligini oshirish, hamda qurilish va mashinasozlik sohalarida optimal geometrik parametrlar va materiallarni tanlashda muhim amaliy ahamiyatga ega.</jats:p>