Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Maqolada atrof-tabiiy muhitni ifloslantirish uchun jinoiy javobgarlik belgilovchi qonunchiliknormalarini qoʻllash amaliyoti nazariy, huquqiy va statistik jihatdan tahlil qilingan. Muallif tomonidan OʻzbekistonRespublikasi sudlarining 2024–2025-yillar va 2026-yilning dastlabki oylaridagi ekologik jinoyatlar hamdamaʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni koʻrish amaliyoti, jazo tayinlashdagi tafovutlar va yoʻl qoʻyilayotgantizimli kamchiliklar statistik maʼlumotlar asosida ochib berilgan. Tadqiqotda ekologik jinoyatlarning yuqoridarajadagi latentligi (yashirinligi), Jinoyat kodeksi 196-moddasining blanket dispozitsiyasi tufayli yuzagakelayotgan kvalifikatsiya muammolari, zararni baholash mezonlarining yoʻqligi va surishtiruv-tergov organlaridamaxsus bilimlar yetishmasligi kabi omillar asoslantirilgan. Shuningdek, maqolada xorij davlatlari (Germaniya,Xitoy, Niderlandiya) tajribasi oʻrganilib, qonunchilik texnikasini yaxshilash, jinoyat tarkibini barvaqt bosqichdaaniqlash uchun formal tarkib tamoyilini joriy etish, yuridik shaxslarning javobgarligi va JK 196-moddasidispozitsiyasiga “oʻsimlik dunyosi obyektlarining nobud boʻlishi” jumlasini kiritish boʻyicha taklif va tavsiyalarilgari surilgan.</jats:p>