Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada 2007–2025 yillar oraligʻida Oʻzbekistonda internet-foydalanuvchilar soniningoʻsish dinamikasi tarixiy-statistik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi ushbu jarayonni davrlashtirish vauning negizida yotgan ijtimoiy-madaniy omillarni aniqlashdan iborat. Muallif rasmiy statistik maʼlumotlar, ilmiytadqiqotlar va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida toʻrt bosqichli davrlashtirishni taklif etadi: boshlangʻich bosqich(2007–2011), kengayish bosqichi (2012–2017), raqamli islohotlar bosqichi (2018–2022) va keng qamrovliraqamlashtirish bosqichi (2023–2025). Har bir bosqichda internet auditoriyasining miqdoriy oʻsishi tegishliinstitutsional, huquqiy va ijtimoiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra,Oʻzbekistonda internet auditoriyasining oʻsishi nafaqat texnik infratuzilmaning kengayishi, balki davlat siyosati,taʼlim tizimidagi islohotlar va ijtimoiy tarmoqlarning ommalashuvi bilan ham chambarchas bogʻliq boʻlgan. Maqolanatijalari internet-jurnalistika tarixini oʻrganuvchi keyingi tadqiqotlar uchun amaliy ahamiyatga ega.</jats:p>