Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada zamonaviy jinoyat huquqida jinoyat predmeti tushunchasi, uning tabiati va jinoyat qonuni bilan qoʻriqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tizimidagi oʻrni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Globallashuv va raqamlashtirish sharoitida jinoyat predmetining anʼanaviy (moddiy) tushunchasi bilan bir qatorda energiya, axborot, sunʼiy intellekt, raqamli aktivlar va inson aʼzolari kabi yangi turdagi obyektlarning jinoyat-huquqiy maqomi keng qamrovli tadqiq etilgan. Doimiy ravishda oʻzgarib borayotgan ijtimoiy munosabatlar fonida qator olimlarning qarashlari tanqidiy oʻrganilib, jinoyat predmeti faqatgina obyektiv tomonning fakultativ belgisi yoki jinoyat obyektining oddiygina tarkibiy qismi emas, balki u jinoyat tarkibining mustaqil va hal qiluvchi elementi sifatida eʼtirof etilishi kerakligi asoslantirilgan. Jamiyatdagi yangilanishlar jinoyat qonunchiligini muntazam takomillashtirishni taqozo etishi koʻrsatilib, yangi turdagi jinoyat predmetlari boʻyicha milliy qonunchiligimizga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan ilmiy va amaliy asoslangan aniq taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.</jats:p>

Show More

Keywords

jinoyat predmeti tushunchasi bilan ijtimoiy

Related Articles

PORE

About

Connect