Abstract
<jats:p>Maqolada mamlakatimizda bevosita va bilvosita soliqqa tortishning tarixiy rivojlanish jarayonlari, soliq tizimini rivojlanishining nazariy va huquqiy asoslari, taraqqiyot bosqichidagi bevosita va bilvosita soliqlar tarkibi va ularning qoʻllanish mexanizmlari keltirilgan. Muallif maqolada mustaqilligining oʻtgan davrida shakllangan bevosita va bilvosita soliqlarning oʻziga xos xususiyatlari, muammolari va ijobiy tartiblari haqida batafsil maʼlumotlarni bayon etgan. Maqolada oʻtgan 34-yil davomida amal qilgan bevosita va bilvosita soliqlarning tarkiblanishi, nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan hamda soliq tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan soliq islohotlari yuzasidan tahliliy axborotlarni umumlashtirib bergan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, iqtisodiy va matematik modellar qoʻllanilgan.</jats:p>