Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda (1945–1950) Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya tizimini rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish va paxtachilikni tiklash masalalari tahlil qilinadi. Urush yillarida Qashqadaryoda yirik irrigatsiya ishlari amalga oshirilmagan boʻlsa, urush tugashi bilan sobiq ittifoq hukumati paxtachilikni tiklash zarurati tufayli suv xoʻjaligiga alohida eʼtibor qaratdi. Maqolada 1946–1950-yillarda qabul qilingan qator qarorlar (SSSR Xalq Komissarlari Kengashi, Oʻzbekiston Kompartiyasi MK qarorlari, besh yillik reja qonuni) asosida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv taqsimotini limit asosida tashkil etish, shoʻrlanish va botqoqlanishning oldini olish kabi masalalar davlat siyosatining muhim yoʻnalishlari sifatida koʻrsatilgan. Shuningdek, Qashqadaryoda Amudaryo suvini yetkazish boʻyicha Keli f va Zarafshon kanallari, Rudaksoy, Qamashi va Qalqama suv omborlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari, sugʻorish tizimlarini tozalash boʻyicha erishilgan yutuqlar, shuningdek mavjud kichik sugʻorish tarmogʻining kamchiliklari tahlil etilgan. Maqolada 1950-yilga kelib yangi sugʻorish tizimiga oʻtish va qishloq xoʻjaligi ishlarini mexanizatsiyalash bosqichi sovet irrigatsiya siyosatidagi muhim burilish nuqtasi sifatida baholanadi.</jats:p>