Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Maqolada Oʻzbekistonda xalq deputatlari Kengashlari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, amaldagi tashkiliy va huquqiy toʻsiqlari hamda ularni bartaraf etish yoʻnalishlari kompleks tahlil qilingan. Hamkorlikning ijtimoiy sheriklik, jamoatchilik nazorati, qarorlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish, deputatlik eshituvlari va maslahat guruhlari kabi shakllari oʻrtasidagi bogʻliqlik ochib berilgan. Oʻzbekistonlik va xorijiy olimlarning vakillik demokratiyasi, ishtirokchi boshqaruv va fuqarolik jamiyati haqidagi qarashlari qiyosiy baholanib, hamkorlikni rasmiy tadbirlar yigʻindisidan hududiy qarorlarni birgalikda ishlab chiqish mexanizmiga aylantirishga qaratilgan mualliflik takliflari asoslangan.</jats:p>