Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur tadqiqotda donni qayta ishlash korxonalarida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish va foydani maksimallashtirish maqsadida un mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun investitsiya resurslarini samarali joylashtirish va undan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida yuzaga keluvchi muammolar kompleks tarzda o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida un mahsulotlarini ishlab chiqarish investitsiya loyihasini shakllantirishga oid algoritmlar, iqtisodiy-matematik modellar hamda uni baholashning zamonaviy mexanizmi ishlab chiqilgan. Tadqiqotning empirik qismida miqdoriy yondashuv usullaridan foydalanilib, donni qayta ishlash korxonalarida investitsiya loyihalarini samarali boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirildi. Xususan, xarajatlarni mahsulot turlari o‘rtasida optimal taqsimlash, investitsiya resurslaridan samarali foydalanish, daromadlarni oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha ichki imkoniyat va zahiralarni aniqlash mexanizmlari ishlab chiqildi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida un mahsulotlarini ishlab chiqarish strategiyasining o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilib, ular asosida ilmiy jihatdan asoslangan optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari kengaytirildi. Natijada mahsulot ishlab chiqarishning eng maqbul variantlarini aniqlash, investitsiya resurslarini ratsional taqsimlash va korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali boshqaruv mexanizmi taklif etildi.</jats:p>

Show More

Keywords

ishlab investitsiya samarali boshqaruv chiqarish

Related Articles

PORE

About

Connect