Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqola zamonaviy Xitoy tilida XXI asrda paydo boʻlgan yangi soʻzlarning neologizmlarning turlari va ularning yasalish usullarini tizimli ravishda oʻrganadi. Internet texnologiyalarining rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va madaniy globalizatsiya natijasida Xitoy tili lugʻat tarkibi jadal surʼatlar bilan boyimoqda. Maqolada neologizmlarning asosiy manbalari — yangi texnologik terminlar, ijtimoiy tarmoq jargonlari, xorijiy tillardan oʻzlashmalar va mavjud soʻzlarga yangi maʼno yuklanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, neologizmlarning yasalish usullari: affiksatsiya, qisqartirish, birikma hosil qilish, metafora va metonimiya kabi lingvistik mexanizmlar asosida tasniflanadi. Tadqiqot Xitoy tili leksikologiyasining dolzarb yoʻnalishlaridan biri boʻlgan neologizmlar dinamikasini tushunishga hissa qoʻshadi.</jats:p>

Show More

Keywords

xitoy yangi neologizmlarning boʻlgan yasalish

Related Articles

PORE

About

Connect