Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda inson qadrini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida shakllangani ilmiy tahlil qilinadi. Ayniqsa, fuqarolik jamiyatining muhim instituti hisoblangan kasaba uyushmalarining mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolatni taʼminlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish orqali inson qadrini qaror toptirishdagi oʻrni ochib berilgan. Maqolada inson manfaati ustuvorligi, ijtimoiy himoya va maʼnaviy taraqqiyot gʻoyalari kasaba uyushmalari faoliyati bilan uzviy bogʻliq holda yoritilgan. Shuningdek, kasaba uyushmalarining mustaqillik davridagi institutsional rivoji, ularning ijtimoiy sheriklik, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va jamiyatda inson qadrini taʼminlashga qaratilgan amaliy faoliyati tahlil etilgan.</jats:p>

Show More

Keywords

inson qadrini kasaba ijtimoiy maqolada

Related Articles

PORE

About

Connect