Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada salmonellyozlarning, xususan, Salmonella enteritidis bilan bog‘liq infeksiyalarning zamonaviy epidemiologik xususiyatlari Xorazm viloyati misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda 2014–2024 yillar davomida qayd etilgan rasmiy statistik ma’lumotlar, bakteriologik laboratoriya natijalari hamda epidemik o‘choqlarni tekshirish materiallari asosida retrospektiv epidemiologik va statistik usullar qo‘llanildi.Natijalar shuni ko‘rsatdiki, salmonellyozlar bilan kasallanish ko‘rsatkichlari vaqt bo‘yicha notekis o‘zgarib, to‘rtta epidemiologik davr shakllangan: dastlabki yillarda nisbatan yuqori daraja, keyingi davrda pasayish, pandemiya yillarida minimal ko‘rsatkich hamda so‘nggi yillarda qayta o‘sish kuzatilgan. Hududiy tahlil esa kasallanishning asosan urbanizatsiyalashgan hududlarda, ayniqsa Urganch shahrida yuqori ekanligini, qishloq hududlarida esa nisbatan past darajada ekanligini ko‘rsatdi.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, salmonellyozlarning tarqalishida oziq-ovqat omili, parrandachilikning rivojlanishi, sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda savdo-logistika tizimi muhim rol o‘ynaydi. Profilaktika choralarini takomillashtirishda oziq-ovqat xavfsizligi nazoratini kuchaytirish, veterinariya tadbirlarini kengaytirish, laborator diagnostikani rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida sanitariya-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish zarurligi asoslab berildi.</jats:p>

Show More

Keywords

hamda epidemiologik salmonellyozlarning bilan tahlil

Related Articles

PORE

About

Connect