Abstract
<jats:p>Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda mediatsiya qonunchiligi (2018-yilgi Qonun va tegishli protsessual kodekslar) mavjud bo‘lishiga qaramay, amaliyotda bir qator muammolar bor. Jumladan, kelishuv bitimi («mediativ kelishuv») faqat birinchi instansiya sudining maslahatxona bosqichida ruxsat etilishi koʻp holatlarda taraflarning ixtiyorini cheklaydi. Shuningdek, mediatsiya bitimi sud tomonidan tasdiqlanmaguncha ijro huquqiga ega emas, ya’ni hech qanday avtomatik ijro mexanizmi koʻzda tutilmagan. Bu omillar tomonlararo nizolarni sudlarsiz tez hal qilish imkoniyatini pasaytiradi. Tahlil natijalaridan kelib chiqib, asosiy takliflar quyidagilar: protsessual qoidalarni kengaytirish, mediatsiya bitimlarini avtomatik ijroga yaroqli hujjatga aylantirish mexanizmini joriy etish (masalan, notarius yoki sud ijrochisi ko‘magida ijrovaraqa berish), kelishuvning mazmuniy talablarini aniq belgilash, sudlarda mediatsiyani majburiy tavsiya etish tartiblarini kiritish hamda mediatorlar malakasini kuchaytirish (sertifikatlash va uzluksiz ta’lim) lozim. Ushbu takliflar sud tizimining yukini yengillashtirib, fuqarolar va biznes uchun nizolarni tez, arzon va ishonchli hal qilish mexanizmini mustahkamlashga xizmat qiladi</jats:p>