Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada xalqaro huquq terminlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan asosiy lingvistik va huquqiy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda terminlarning semantik mosligi, huquqiy ekvivalentlikning cheklanganligi, ko‘p ma’nolilik, kontekstga bog‘liqlik, institutsional tafovutlar hamda terminologik birxillik masalalari yoritiladi. Shuningdek, xalqaro huquq terminlarini tarjima qilishda qo‘llaniladigan asosiy strategiyalar — to‘g‘ridan-to‘g‘ri muqobil topish, izohli tarjima, kalkalash va transliteratsiya — ilmiy nuqtai nazardan baholanadi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, huquqiy tarjimada faqat til bilimi yetarli emas; huquqiy tizimlar, terminologik me’yor va matnning funksional maqsadi ham hisobga olinishi zarur.</jats:p>