Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi xalqaro huquq sohasiga oid leksik birliklarning morfologik tuzilishi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida xalqaro huquq terminlarining sodda, yasama va qo‘shma shakllari o‘rganilib, ularning affiksatsiya, derivatsiya hamda kompozitsiya orqali hosil bo‘lish xususiyatlari aniqlangan. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillarida xalqaro huquq terminlarining shakllanishida prefiks va suffikslarning o‘rni tahlil qilinib, ikki til o‘rtasidagi morfologik o‘xshashlik va farqli jihatlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari xalqaro huquq terminologiyasini tizimlashtirish, tarjima jarayonlarini takomillashtirish hamda lingvistik tadqiqotlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.</jats:p>