Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada Xorazm vohasida joylashgan Qal’ajiq qal’a arxeologik yodgorligini qayta tiklash (rekonstruksiya qilish) jarayonida tarixiy rekonstruksiyaning yangi instrumentlari, xususan, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, tarixiy matnlarni lingvistik tahlil qiluvchi maxsus dasturiy ta’minotlar, uchuvchisiz uchish apparatlari (kvadrokopterlar) yordamida aerovizual kuzatuv va aerofotosuratga olish usullari ochib berilgan. Tadqiqotda GPS (Global Positioning System), GIS (Geografik axborot tizimlari) va 3D modellashtirish texnologiyalarining arxeologik obyektlarni o'rganishdagi istiqbolli ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada arxeologiya va tarixiy rekonstruksiya sohasiga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha xorijiy tajriba hamda “raqamli tarix”, “virtual arxeologiya” va “manzilgohlar arxeologiyasi” kabi yangi ilmiy yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan.</jats:p>