Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu tadqiqotning maqsadi Beruniy tumani sharoitida quyosh havo kollektoriningqishloq xo‘jaligi don mahsulotlarini, jumladan kungaboqar va sholi donini quritish tizimlaridagiissiqlik yuklamasini qoplash imkoniyatini soatbay energetik balans asosida baholashdan iborat.Hisoblashlarda PVGIS-ERA5 ma’lumotlar bazasidan olingan quyosh radiatsiyasi ko‘rsatkichlari,kollektorning optik-issiqlik balansi, foydali issiqlik quvvati, yordamchi energiya ehtiyoji va zarurhavo sarfini aniqlash usullaridan foydalanildi. Baholash sentyabr va oktyabr oylari uchun 09:00–17:00oralig‘ida amalga oshirildi. Amaliy hisoblash shartlari kungaboqar donini quritish rejimi asosidaqabul qilindi. Kollektor sentyabr oyida 7.326 kW·h/kun, oktyabr oyida esa 5.839 kW·h/kun foydaliissiqlik energiyasi ishlab berdi. Quritgichning kunlik issiqlik yuklamasini qoplash ulushi mos ravishda77.9 % va 62.7 % ni tashkil etdi. Sentyabr oyida 12:00–14:00 oralig‘ida kollektor yuklamani to‘liqqopladi, oktyabr oyida esa barcha soatlarda yordamchi issiqlik manbai zarur bo‘ldi. Quyosh havokollektori kungaboqar, sholi va boshqa qishloq xo‘jaligi don mahsulotlarini quritish tizimlaridaquritish agentini oldindan isituvchi hamda yordamchi energiya sarfini kamaytiruvchi gibrid issiqlikmoduli sifatida qo‘llanishi mumkin.  Bunda har bir mahsulot uchun quritish harorati, havo sarfi va issiqlik yuklamasi alohida aniqlanishi zarur.</jats:p>

Show More

Keywords

quritish issiqlik oyida quyosh kungaboqar

Related Articles


Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 76
PORE

About

Connect