Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p>Tadqiqotning maqsadi kombinatsiyalangan don quritgichi tarkibidagi elektrokontaktqizdirish tizimining elektr-issiqlik parametrlarini sholi doni misolida aniqlash hamda qizdirish yuzasiharoratini siklli boshqarish xususiyatlarini baholashdan iborat. Materiallar va usullar. Tajribalar“Alanga” sholi navida, qizdirish yuzasining 70, 80 va 90 °C belgilangan harorat rejimlarida, har birrejim uchun uchta mustaqil takrorda bajarildi. Quyosh havo kollektori tajribalarda ishga tushirilmadi.Transformatorning birlamchi va ikkilamchi elektr kattaliklari, qizdirish yuzasining belgilangan haro-rat rejimiga chiqish davomiyligi, qizdirish tizimining faol ishlash koeffitsiyenti, sholi donining namligiva harorati aniqlandi. Natijalar. Transformator ikkilamchi zanjiridagi aktiv quvvat 538,97–540,48 W,qizdirish yuzasining solishtirma sirt quvvati esa 1531,2–1535,5 W/m² oralig‘ida bo‘ldi. Belgilan-gan harorat 70°C dan 90 °C gacha oshirilganda qizdirish yuzasining rejimga chiqish davomiyligi86,67±0,58 s dan 92,33±0,58 s gacha, qizdirish tizimining faol ishlash koeffitsiyenti esa 0,563 dan0,594 gacha oshdi. Qizdirish yuzasi haroratining tebranish diapazoni 3,0–3,4 °C ni tashkil etdi. Sholidonining quritishdan keyingi namligi 14,90±0,10% dan 11,63±0,15% gacha kamaydi, quritgichdanchiqishdagi don harorati esa 34,03–40,50 °C oralig‘ida bo‘ldi. Xulosa. Elektrokontakt qizdirishtizimi past kuchlanish va katta tok sharoitida qizdirish yuzasini qisqa vaqt ichida belgilangan haroratrejimiga chiqarish hamda termoregulyator yordamida uning haroratini barqaror siklli boshqarishimkonini berdi. Sholi donida olingan tajriba natijalari mazkur tizimning kombinatsiyalangan donquritgichlarida qo‘llanish imkoniyatlarini keyingi tadqiqotlarda boshqa don mahsulotlari uchun hambaholashga asos yaratadi.</jats:p>