Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p> Maqolada Oqdaryo suv ombori to‘g‘oni tanasidagi pezometrlardagi suvning kimyoviytarkibi va loyqalik darajasini aniqlash uchun dala tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Pezometrlardagisuvning kimyoviy tarkibi va loyqalik darajasini aniqlash uchun olingan namunalar laboratoriyasharoitida tahlil qilingan. Tahlillar shuni korsatadiki, pezometrlardagi suvning kimyoviy elementlariyuqori qiyalikda joylashgan pezometrlardan pastki qiyalikda joylashgan pezometrlargacha kamayishikuzatiladi. Suvning loyqalik darajasi esa eng yuqorisi havzada bolib, yuqori qiyalikda joylashgan pezometrlardan pastki qiyalikda joylashgan pezometrlargacha kamayishi kuzatiladi. Demak,pezometrlardagi loyqalik darajasining juda pastligi togon tanasi va pezometrlar filtrlarida suffoziyaning yoqligidan dalolat beradi. Suv omboridagi to‘g‘on tanasidan turli sifatdagi suvning sizilishi,suv almashinuvi ta‘sirida havzadagi suv sifatining o‘zgarishi va to‘g‘ondagi filtratsiya suvlariningkimyoviy tarkibini o‘zgarishlari hamda loyqaligini aniqlashdan iborat. Dala tadqiqotlari Samarqandviloyati Kattaqurg‘on tumanida Oqdaryo suv omborida olib borildi. Tadqiqot jarayonida mavjuddala-kuzatuv ishlari hamda togondagi filtrasiya suvlarining kimyoviy tarkibini o‘zgarishlari hamdaloyqaligini laboratoriya tahlillari asosida aniqlash usullaridan foydalanilgan. Suv omborlarini ekspluatatsiya qilishda inshootlarining mustahkamligi va barqarorligida bo‘ladigan o‘zgarishlarni baholash va inshootlar mustahkamligini taminlash talab etiladi. Tadqiqot doirasida yuqoridagi muammolar yechimlarini izlash va qoyilgan vazifalarni bajarish maqsadida kuzatuvlar olib borish hamdadala tadqiqotlarini olib borish talab qilinadi. Maqolaning asosiy natijalari shuni ko‘rsatadiki, pezometrlardagi suvning kimyoviy elementlari yuqori qiyalikda joylashgan pezometrlardan pastkiqiyalikda joylashgan pezometrlargacha kamayishi kuzatiladi. Suvning loyqalik darajasi esa engyuqorisi havzada bo‘lib, yuqori qiyalikda joylashgan pezometrlardan pastki qiyalikda joylashganpezometrlargacha kamayishi kuzatiladi. Demak, pezometrlardagi loyqalik darajasining juda pastligito‘g‘on tanasi va pezometrlar filtrlarida suffoziyaning yoqligidan dalolat beradi. Oqdaryo suv omborida olib borilgan vizual va instrumental kuzatuvlar asosida to‘g‘onining mustaxkamligi va ichkibo‘shliqlarini georadar qurilmalari orqali o‘ganish, to‘g‘oni tanasidagi filtratsiya oqimi suvlarining to‘g‘on tanasidagi inshootlarga nisbatan agressivligini baholash natijalari boyicha quyidagixulosalarni chiqarish imkonini berdi. Suv ombori to‘g‘oni tanasidagi filtratsiya oqimining undagielementlarga nisbatan agressivligini baholash uchun to‘g‘on tanasi boylab filtratsiya suvining harakatlanish qonuniyatini va uning to‘g‘on elementlariga tasirini bilish, suv ombori to‘g‘oni va undagielementlarning barqarorligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi.</jats:p>