Deprecated: Function curl_close() is deprecated since 8.5, as it has no effect since PHP 8.0 in /home/u483256323/domains/poorvam.com/public_html/subdomains/pore/includes/api.php on line 184
Abstract
<jats:p> Mazkur maqolada oqova suvlarni impulsli elektr maydon (PEF– Pulsed ElectricField) texnologiyasi yordamida zararsizlantirishning nazariy asoslari, texnologik jarayoni va energiyasamaradorligi tahlil qilingan. Oqova suvlar tarkibidagi bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va boshqapatogen mikroorganizmlarni yo‘q qilishning an’anaviy usullari (xlorlash, ozonlash, ultrabinafshanurlanish va membranali filtrlash) bilan bir qatorda impulsli elektr maydon texnologiyasiningafzalliklari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yuqori kuchlanishli qisqa impulslar ta’siridamikroorganizmlarhujayramembranasida elektroporatsiya hodisasi yuzagakelib, ularninginaktivatsiyasisodir bo‘ladi. Ushbu texnologiya yordamida E.coli bakteriyalarini 99%, Salmonella bakteriyalarini99,9% gacha zararsizlantirish mumkinligi aniqlangan. Shuningdek, impulsli elektr maydon bilanishlov berish qurilmasining konstruktiv sxemasi, asosiy texnologik parametrlari va energiya sarfimodellari ishlab chiqilgan. Hisob-kitoblar natijasida bir sutkada 40 m³ oqova suvni zararsizlantirishuchun quvvati 25–30 Vt bo‘lgan generator yetarli ekanligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari impulslielektr maydon texnologiyasining ekologik xavfsiz, energiya tejamkor va istiqbolli usul ekanliginiko‘rsatadi. Ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni turli zararli bakteriyalardanzararsizlantirishning samarador elektrotexnologiyasini ishlab chiqish. Impulsli elektr maydonyordamida oqova suvlardagi E.coli bakteriyalarini 99%, Salmonella bakteriyalarini 99,9% gachazararsizlantiriladi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida oqova suvlarni impulsli elektr maydonyordamida zararsizlantirish texnologiyasi yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi.</jats:p>